Yangi "iPhone 7" smartfonidan hatto dush qabul qilayotganda ham foydalansa bo`ladi. Chunki uning suv o`tkazmaslik xususiyati juda yaxshi ishlaydi.Quloqchinlardagi W1 chipi yordamida "iPhone 7" smartfonini ishlatish yanada osonlashadi. Mazkur chipning Bluetooth-stereogarniturasidan farqli bir qancha afzalliklari mavjud. Telefon orqali bog`lanish Bluetooth-stereogarniturasiga qaraganda tezroq ro`y beradi. Buning uchun yoqilgan "iPhone"ning quvvatlantiruvchi keysini ochish kifoya.
Mutaxassislar "AirPods" quloqchinlaridagi ayrim xatoliklarni ham aniqlashga ulgurishdi. Yangi quloqchinlardagi eng katta noqulaylik uni qo`l yordamida boshqarib bo`lmasligida. Ya`ni quloqchinning o`zi orqali jismoniy xatti-harakatlar bilan ovozni balandlatish, boshqa qo`shiqqa o`tkazish imkoni yo`q. Buning uchun yoki "iPhone" yoki "Siri" dasturiga murojaat qilish kerak.
"Agar siz musiqa tinglayotgan bo`lsangiz, deylik, uning ovozini balandroq qilmoqchi bo`lsangiz, "Siri" bilan bog`lanish uchun quloqchinga ikki marta teginish kerak. Ovozli yordamchi esa faol holatga kiradi, musiqa to`xtaydi va siz “Ovozni ko`tar” deyishingiz kerak. An`anaviy quloqchinlarda esa bu harakatni undagi tugmani bosib amalga oshirish mumkin edi”, deb ta`kidlaydi mutaxassislar.
"Apple" kompaniyasi xaridorlarni suv o`tkazish funksiyasi qanday hollarda buzilishi mumkinligi haqida ogohlantirmagan. Masalan, deylik displey yoki batareyani almashtirish uchun korpusni ochishga to`g`ri keladi. “Bunday holda "iPhone"ning suvga chidamligi buziladimi yoki yo`qmi? Bu savolni kompaniya javobsiz qoldirdi. Endi yangi smartfonlar ochilishini kutamiz, shekilli”, deydi foydalanuvchilardan biri.





