Bolakayni tez-tez qorni bilan yotqizib turing. Bu tadbirni emizishdan oldin qo`llagan ma`qul. Ko`pincha chaqaloqlar bunday holatni yoqtirmay, yig`lashi mumkin. Bolani yorqin o`yinchoq bilan chalg`itishga harakat qiling. Uning orqasini tepadan pastga qarab silab turing.
Bolani keng yostiq ustiga qorni bilan yotqizing, oyoqchalari esa yostiqdan pastga osilib tursin. Bu paytda qoringa tushadigan bosim chaqaloqni birmuncha tinchlantiradi. Faqat chaqaloq endigina emgan bo`lsa, qorni bilan yotqizmang.
Emizib bo`lgach, bolani tik ko`tarib, bo`ynidan tutgan holda o`zingizga yopishtirib ushlab turing. Bola emish payti yutgan havoni kekirib chiqarib yubormaguncha shu holda ko`tarib yuring. Ba`zan chaqaloqlar havo bilan birga emgan sutlarini ham qusib yuborishadi. Agar u ozgina qussa, xavotirga o`rin yo`q. Ammo emganining yarmini qayt qilib yuborsa, mutaxassis bilan maslahatlashish kerak.
Bolani osmonga qarata yotqizib qo`yib, qornini soat millari yo`nalishi bo`yicha aylanma harakatlar bilan ohista uqalang. Bu amalni nafaqat og`riq xuruj qilganda, balki ularning oldini olish uchun boshqa vaqtlarda ham qo`llash mumkin.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.
06.08.2021, 17:47
CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...26.12.2017, 13:12
— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...26.12.2017, 13:08
— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...26.12.2017, 11:36
Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...