AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi zavod barpo etiladi

Jizzax viloyatida joriy yilning birinchi yarmida qiymati $114,2 mln. bo`lgan sement zavodining qurilish ishlari nihoyasiga etadi.

Yangi korxonaning qurilishi bilan «Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati» OAJ (OTMK) shug`ullanadi. Bosh pudratchi sifatida Turkiyaning Dal Teknik Makina, texnologik uskunalarni etkazib beruvchi sifatida Germaniyaning Gebr Pfeiffer SE kompaniyalari shug`ullanadi. Qurilish maydonida infratuzilmaning qurilishi nihoyasiga etgan, iyunda zavod qurib bitkaziladi, deya xabar beradi Uzdaily.

Loyihani moliyalashtirish O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot Jamg`armasi krediti hisobiga— $74,2 mln. hamda OTMKning $40 mln. miqdoridagi o`z mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi. Yangi zavodning ishlash quvvati 760 ming tonna portlandsement va 350 ming oq sementni tashkil qiladi.

Sement zavodning barpo etilishi kombinatning talabini butunlay qoplaydi va eksportga 200 ming tonna mahsulot etkazib berish imkonini beradi.

Hozir O`zbekistonda 7 million tonna mahsulot ishlab chiqaradigan 6 ta sement zavodi mavjud.
 

    Boshqa yangiliklar