04.02.2014 16:33
Meksikalik "Robinzon" 13 oy okeandagi hayotdan so`ng tirik qoldi
37 yoshli Xose Salvador Albarengo 15 yoshli dengizchi Iezekiil bilan 2012 yilning dekabr oyida akula ovlash uchun yo`lga chiqqan. Uning 7 metrli kemasi Meksika qirg`oqlaridan uzoqlashganda motori ishlamay qolgan va kema tinch okeaniga oqib ketgan. Natijada ular butunlay yo`ldan og`ib, qaerda ekanliklarini ham bilmay qolishadi.
Albarengoning aytishicha, to`rt oy ochlikdan so`ng 15 yoshli Iezikiil vafot etgan, baliqchi esa o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan, ammo qo`lidan kelmagan.
Shuningdek, u qo`li bilan baliq va kichik akulalarni ovlagan. Toshbaqalarni ovlab, qonini ichgan, yomg`ir uzoq vaqt bo`lmagan paytlar esa o`z peshobini ichishga majbur bo`lgan.
13 oydan so`ng uning kemasi Meksikadan 10 ming kilometr uzoqlikdagi Marshal orollariga kelib qoladi. Uni polisiya xodimlari darxol mamlakat poytaxti Majuroga etkazishadi. U erda Albarengo barcha bo`lgan voqeani aytib beradi.
Hozirda uni yurtiga qaytarish masalalari ko`rib chiqilmoqda.