AsosiyDunyo

Yigit buqadan qochayotgan holatini suratga olgani internetda xitga aylandi

Amerikalik yigit qutirgan buqadan qochish vaqtida o`zini tasvirga oldi. 

Kristian ismli yosh yigit Xyustondagi buqalar yugurishida o`zini videoda suratga oldi. Bu  marosimda quturgan buqalarni qo`yib yuborishadi. Odamlar esa undan oyoqlarini qo`lga olib qochishlari kerak. Kristian esa qo`rqmay shunday tig`iz paytda o`zini telefon orqali tasvirga olishga ham ulgurdi. 



Bu video u qadar xit bo`lmadi. Chekkada turgan fotograflardan biri olgan surati esa  Krisatianga katta mashhurlik keltirdi.  Marosimdan so`ng bir necha kun o`tgach Kristian o`zini suratini mahalliy internet forumlaridan birida ko`rib qolgan. U erda minglab kishilar unga jasorat ko`rsatganini aytishgan.     

Darvoqe, Xyustondagi buqalar yugurishi oqibatida 1 kishi jarohatlangan. 

    Boshqa yangiliklar