AsosiyHi-tech

TURKIYaLIK MOTOPOYGAChI REKORDI

'TURKIYaLIK MOTOPOYGAChI REKORDI'ning rasmi

Kenan Sofuoglu seriyali motosiklda harakatlanish bo`yicha yangi rekord muallifiga aylandi. U “Usmon G`ozi” osma ko`prigining ochilish marosimida Kawasaki Ninja H2R rusumli motosiklida 26 soniya ichida 400 km/soat tezlikka erishdi. Shu tariqa motopoygachi o`ziga tegishli bo`lgan dunyo rekordini yaxshilashga muvaffaq bo`ldi. Biroq tadbirda “Ginnessning rekordlar kitobi” rasmiy vakillari qatnashmagani bois Kenanning yangi natijasi hozircha norasmiy rekord maqomida e`tirof etiladi.

Kenan Sofuoglu professional motopoygachi, u “Supersport” seriyasi bo`yicha 4 karra jahon chempioni hisoblanadi.

Sportchi rekord o`rnatgan “Usmon G`ozi” ko`prigi esa dunyodagi to`rtta eng uzun osma ko`priklar ro`yxatiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar