Marosim yakunlangach, gigant polotno 10 ming dona odatiy futbolkaga ajratib yuborildi. Xohlovchilar ushbu futbolkalarni sotib olish imkoniga ega, to`plangan mablag` esa onkologik kasalliklar bilan kurashishga yo`naltiriladi. Shu tariqa aksiya tashkilotchilari nafaqat yorqin, balki foydali rekord muallifiga aylanishdi...
“Equilíbrios Camisetas Promocionais” tashkiloti bir necha yillardan buyon Er yuzida onkologik kasallikka chalingan bemorlarga yordam berib keladi. Bu safar ular “Ginness rekordlari kitobi” qahramonlari bo`lib, shu orqali yana bir bor jamoatchilik e`tiborini ushbu dolzarb muammoga qaratdilar.
Gap bu erda Braziliyadagi shaharlardan birida tikilgan dunyodagi eng ulkan futbolka haqida ketmoqda. Bir necha yuzlab insonlar 11 ming soat ter to`kib, eni 63 metr, uzunligi 93 metr, og`irligi 4 ming 500 kg. bo`lgan kiyimni tayyorladilar. Futbolkaning naqadar ulkanligini his etish uchun shunchaki odatiy futbol maydonini ko`z oldiga keltirish kifoya.
Rekordni rasmiylashtirish uchun “Ginness rekordlari kitobi”ning rasmiy vakili taklif etildi. Mas`ul shaxs aksiya tashkilotchilariga ularning futbolkasi haqiqatan ham sayyoramizda tikilgan eng ulkan futbolka ekanini tasdiqlovchi sertifikatni topshirdi.





