Sizlarga jahonda o`z o`rniga ega bo`lgan yirik kompaniyalarning ilk qadamlarini nimadan boshlaganliklarini havola qilamiz.

Lipton kompaniyasi oddiygina oziq-ovqat mahsulotlari do`koni sifatida ish boshlagan.

Hugo Boss ilk liboslarini gestapodagilar uchun tikkan.

BMW avtogiganti esa samolyot va ularga dvigatel ishlab chiqargan.

Bonduelle kompaniyasi spirt ishlab chiqarish bilan shug`ullangan.

Philips & Co. Chiroq va radiolar ishlab chiqargan va hozirgi kungacha bu faoliyatini davom ettirmoqda.

IBM kompyuterlardan avval hisoblash mashinalari hamda tarozilar ishlab chiqargan.

Toyota o`z biznesini tikuv mashinalaridan boshlagan va hozirgi kunga qadar tikuv mashinalar ishlab chiqaradi.

IKEA kompaniyasi assoschisi Ingvar Kamprad o`z biznes faoliyatini gugurt va boshqa mayda buyumlar savdosi bilan boshlagan.

Koreyaning LG kompaniyasi tish tozalash kukuni bilan ish boshlagan.

Sony kompaniyasining ilk mahsuloti guruch pishiradigan elektr moslama bo`lgan.

Nokia ilk bor qog`oz va kalish ishlab chiqargan.

Samsung esa oziq-ovqat, mevalar savdosi bilan shug`ullangan.