1

Daraxtdan joy olgan tarixiy muzey

Hi-tech 28.10.2017, 13:00
Daraxtdan joy olgan tarixiy muzey

Bog`ning chetida ham ulkan chinorlar bo`lib chinor ostida Farg`ona tumanining tarixiy muzeyi tashkil etilgan. Bu erda tumanning olis tarixidan hikoya qiluvchi ko`plab bebaho eksponatlarni uchratish mumkin. Hatto bu hududdan Oloy tog`i etaklarida aholining bronza davrida yashaganliklarini isbotlovchi topilmalar topilgan...

Farg`onaning Vodil istirohat bog`idagi azim chinorning dovrug`i butun Turonzaminga ma`lum. Bu go`shaga tashrif buyurgan mehmon ko`hna daraxtni tomosha qilib, soyasida bir lahza hordiq chiqarmasdan qaytmaydi. Bu daraxtni haqiqiy mo``jiza deyish mumkin. Chunki mutaxassislar tomonidan bir necha asrni ko`rgan deya taxmin qilingan bir tup chinor tubidan to`qqizta tana ko`kka bo`y cho`zgan. Tabiatning bu ajib mo``jizasi shu taxlit insonga birlashish, hamjihatlik va do`stlikdan saboq berayotgan bo`lsa, ajabmas.

Rivoyatlarga ko`ra, Vodil qishlog`iga ilk bor Shohimardon daryosining irmog`ini Abduvali xoja Ahmad Valiy va Chinorota deb atalgan ikki mo``tabar inson keltirgan ekan. Ular soyning ikki qirg`og`ida go`zal bog` yaratganlar. O`tmishda Shohimardon suvining ozayishi yoki ko`payishini o`sha avliyolar bashorat qilib borishar ekan.

Chinor tanasining kovagi 7-8 odam davra qurib o`tirsa sig`adigan darajada bo`lib, o`tgan asrning 30-yillarida Mirg`oyib eshon degan darvesh shu erda yashagan. Mashhur O`zbekiston xalq hofizi Ma`murjon Uzoqov o`sha kezlari Vodilda opasining uyida yashab, kechasi bo`z to`qir, kunduzlari esa cho`ponlik qilardi. Kech tushganda Ma`murjon bo`z to`qishni boshlaganida, Murg`oyib eshon uning yoniga kelib o`tirar va “Qani, mulla Ma`murjon, boshlang” der, Ma`murjon esa dastgoh mokisining ovoziga moslab xirgoyi qilar, tun yarmidan o`tgandan so`ng eshon Ma`murjonni duo qilib, yana chinor ostidagi kulbasiga qarab ketardi. Bu hol har kuni takrorlanardi.

Balki Murg`oyib eshonning duosi tufayli, daldasi sabab Ma`murjon Uzoqov xalqimizning ardoqli hofizi bo`lib etishgandir?

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1