AsosiyJamiyat

Yo`llarda tirbandliklarni bartaraf etish yuzasidan vazifalar belgilandi

O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasida yo`l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta`minlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2013 yil davomida amalga oshirilgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalarga bag`ishlangan hisobot yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Bosh boshqarma boshlig`i, polkovnik X.Saydaliev o`z ma`ruzasida tizimda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani, shu bilan birga, ayrim kamchiliklarga yo`l qo`yilganligiga to`xtalib, faoliyatni yanada yaxshilash yuzasidan mavjud imkoniyatlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish va bu borada tashabbuskor bo`lish lozimligini ta`kidladi.

O`zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining [url=http://mvd.uz/uzb/9-mvd-news-cat/mvd-ministry-news-cat/238-v-dukhe-konstruktivnoj-kritiki.html]xabar berishicha, yig`ilishda yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlanishini yaxshilash, tirbandliklarni bartaraf etish, yo`l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida amalga oshiriladigan ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan soha xodimlari oldiga aniq vazifalar qo`yildi.

Tadbirda bosh boshqarma mutasaddi rahbarlarining axborotlari, hududiy rahbar xodimlarning hisobotlari ham tinglandi.

    Boshqa yangiliklar