1

​POYTAXTIMIZDA BUXORO TEATRI SPEKTAKLLARI

Madaniyat 03.11.2017, 09:03
​POYTAXTIMIZDA BUXORO TEATRI SPEKTAKLLARI

Poytaxtimizdagi O`zbek Milliy akademik drama teatrida boshlangan Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari davomida namoyish etiladigan spektakllar jonajon diyorimizni, boshimiz uzra musaffo osmonni ko`z qorachig`idek asrashga undashi, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning Vatan oldidagi ijtimoiy burchi, mas`uliyatini teran anglashga yaqindan ko`maklashishi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati musiqali drama teatri ijodiy safari boshlanishi munosabati bilan tashkil etilgan kechaga san`atshunoslar, pedagoglar, ma`naviyat targ`ibotchilari, o`qituvchilar, talaba-yoshlar taklif etildi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.

Mamlakatimizda teatr san`atini ravnaq toptirish borasidagi ezgu sa`y-harakatlar yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish, ularni mustaqil va sog`lom tafakkur sohibi bo`lib kamolga etkazishdek maqsadlarni ko`zlashi bilan ahamiyatlidir.

Buxoro viloyati musiqali drama teatrining ijodiy safari doirasida mazkur jamoa tomonidan sahnaga qo`yilgan "Burch" hamda "Zafarnoma" spektakllari namoyish etiladi. Nurilla Abbosxon hamda Valijon Umarov asari asosida rejissyor Sayfiddin Meliev tomonidan sahnalashtirilgan "Burch" spektakli milliy armiyamizda ofiserlar sulolasining shakllanishi, ularning xalqimiz tinch va osuda hayotini muhofaza etishga oid jasorati, askarlik qasamyodi va burchiga sodiq mard o`g`lonlar taqdiriga bag`ishlangan.

"Zafarnoma" spektakli esa buyuk bobolarimizning hayoti, faoliyati, boy ma`naviy merosidan so`zlaydi.

Buxorolik teatr ustalarining ijodiy safari "Burch" spektakli bilan boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1