1

​TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIDA BELGIYa HAQIDA FOTOKO`RGAZMA TAShKIL ETILDI

Madaniyat 03.11.2017, 09:13
​TEMURIYLAR TARIXI DAVLAT MUZEYIDA BELGIYa HAQIDA FOTOKO`RGAZMA TAShKIL ETILDI

Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Belgiya madaniyati va san`ati, tarixi, urf-odatlari va tarixiy obidalarini o`zida aks ettirgan «Siz Belgiyani bilasizmi?» mavzuidagi fotoko`rgazma tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi va «O`zbekiston – Belgiya» do`stlik jamiyati tomonidan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamkorligida tashkil etilgan ko`rgazmada davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tarixchi olimlar, tadqiqotchilar, muzeyshunoslar, professor-o`qituvchilar, o`quvchi-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosari, «O`zbekiston – Belgiya» do`stlik jamiyati raisi B.Alixonov, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi raisi o`rinbosari vazifasini bajaruvchisi Z.Obidov, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi N.Habibullaev va boshqalar mamlakatimizda millati, dini, kelib chiqishi va e`tiqodidan qat`iy nazar, har bir fuqaroga teng huquq va imkoniyatlar yaratilgani, bu o`z navbatida millatlararo totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma`rifiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilayotganini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1