AsosiySUG'DIYONA
56571

YO`LDOSh PASTDA JOYLAShSA…

'YO`LDOSh PASTDA JOYLAShSA…'ning rasmi

Besh oylik homilam bor. Shifokorlar menga «yo`ldosh bachadonning pastki qismida joylashgan» deb tashxis qo`yishdi. Bu tashxis qanday hollarda qo`yiladi? Buning homilamga zarari yo`qmi? Nima qilish kerak?

Dilfuza, Toshkent shahri

Nilufar ABDULLAEVA, oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog: — Yo`ldoshning bachadon pastida joylashuvi tashxisi faqatgina UTT, Dopplerometriya va skrining diagnostikasi orqali qo`yiladi. Vizual va vaginal tekshiruvlarda homilador ayolga bunday tashxisni qo`yib bo`lmaydi. Bachadon pastki qismi serkulyar, ya`ni kengayishga moslashgani tufayli yo`ldoshning bunday joylashuvi homilaga xavf tug`diradi. Bunday tashxis qo`yilgan ayollarni darhol stasionar davolashga yotqizish kerak. Homilador ayolning umumiy ahvoli yaxshilangach, tuqqunicha ro`yxatdan o`tgan poliklinikasidagi ginekolog nazoratida bo`ladi. Chunki homiladorlikning istalgan davrida yo`ldosh ko`chish xavfi bor. Bu tashxis davolanadigan kasallik emas. Ya`ni homilador ayolda tuqquniga qadar yo`ldoshning bachadondagi joylashuvi o`zgarmaydi. Tug`ruq davrida yo`ldoshning homiladan avval tug`ilish xavfi bo`lsa, kesarcha kesish amalga oshiriladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar