AsosiySUG'DIYONA
26824

BUYRAK KASALLIKLARINING TURLARI VA ALOMATLARI

'BUYRAK KASALLIKLARINING TURLARI VA ALOMATLARI   'ning rasmi

Buyrak kasalliklari turli xil bo`lib, uning alomatlari ham turlicha:

- tanadagi shish, bel va boshda og`riq paydo bo`lishi, nafas qisilib, yurak urishi ko`tarilishi, qon bosimi oshishi — nefrit kasalligiga dalolat;

- Yuqori tana harorati, terlash, mushaklarda og`riq, ko`ngil aynishi va qayt qilish, tez-tez hojatga chiqish va bunda og`riq his qilish, siydik rangining xiralashishi — pielonefrit alomatlari;

- Pielonefrit surunkali holatga o`tganda esa bemorning tana harorati ba`zan ko`tarilib turadi. Uyquda ko`p terlaydi, yuz terisi quruqlashib, sarg`ayadi, qon bosimi ko`tarilib, belda og`riq paydo bo`ladi;

- Buyrak etishmovchiligi esa siydik ajralmasligi, bosh og`riq, ko`ngil aynishi, asab tizimi buzilishi, ko`rish qobiliyatining pasayishi, ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo`ladi. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.

- Siydik rangining o`zgarishi, unda o`ziga xos hid paydo bo`lishi va o`tkir og`riq esa buyrakdagi toshlardan dalolat beradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar