AsosiyShou-biznes

Oskar mojarosi: hali topshirilmagan mukofotga Di Kaprioning ismi yozib qo`yildi

CNN telekanalining Oskar mukofoti taqdirlash marosimiga tayyorgarlik haqida tayyorlangan reportaj endi OAV vakillari orasida  muhokama qilinmoqda. 

Haykalchalarga ustida ish olib boruvchi ustaxonaga tashrif buyurgan jurnalistlar mukofotlarning birida Leonardo Di Kaprioning nomini ko`rib qolishgan. Uni Martin Skorsezening “Volk s Uoll-Strit” filmidagi roli uchun eng yaxshi aktyor nominasiyasida taqdirlashmoqchiligi ma`lum bo`lgan. 

Bu xabar tez tarqalishi bilan hakamlar hayati ovoz berish jarayoni o`z vaqtida, xaqqoniy bo`lib o`tishini, ismi yozilgan Oskarlar har ehtimolga qarshi tayyorlab qo`yilishi, kerak bo`lmaganlari esa yo`q qilinishini ma`lum qildi. 

Hozirgacha Di Kaprio to`rt bor Oskarga nomzod bo`lgan. Ammo biror marta ham ushbu mukofotni qo`lga kirita olmagan. Bu safar esa uning imkoniyatlari yuqori. 

Eslatib o`tamiz, taqdirlash marosimi 2 mart kuni bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar