AsosiyJamiyat

21 KIShIDAN IBORAT DELEGASIYa ROSSIYaDAGI O`ZBEK YoShLARI BILAN UChRAShMOQDA (FOTO)

'21 KIShIDAN IBORAT DELEGASIYa ROSSIYaDAGI O`ZBEK YoShLARI BILAN UChRAShMOQDA (FOTO) 'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboev boshchiligidagi 21 kishidan iborat delegasiya Rossiyadagi o`zbek yoshlari bilan uchrashmoqda.

Ular avvalo Novosibirskda, so`ngra Sankt-Peterburgda ta`lim olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning hayot tarzi bilan tanishdilar.

Har kungi uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, tadbirlar o`zbekistonlik yoshlar hayotida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, delegasiya tarkibida tashrif buyurgan «Nosirxon» masjidi imomi, Toshkent shahar bosh imom-xatibi o`rinbosari Jasur Raupov yig`ilganlarga ma`ruza o`qidi. Bugungi globallashuv jarayonlari, uning yoshlar hayoti va dunyoqarashiga ta`siri haqida to`xtaldi. Vatanparvarlik mas`uliyatini unutmaslikka da`vat etdi.

O`z navbatida, ochiq muloqotda yig`ilgan yoshlar ham fikr-mulohazalar bildirdi. O`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Novosibirskda ochiq muloqotdan so`ng, o`zbekistonlik yoshlar uchun konsert qo`yildi.

Ochiq muloqot davomida 20 nafar vatandoshimiz o`qishini tugatib,O`zbekistonga qaytishini ma`lum qildi.


Delegasiyaning Rossiya Federasiyasiga tashrifi davom etmoqda.


    Boshqa yangiliklar