AsosiyDunyo

Maykl Jeksonning ashaddiy muxlislari emosional zarar uchun badal puli olishdi

Fransiya sudi qaroriga ko`ra, Maykl Jeksonning 5 nafar muxlisi uning o`limi oqibatida olgan emosional zarar uchun bir evrodan olishdi. Bu haqda Interfax.ru nashri xabar bermoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, ushbu holat yuzasidan pop qirolining 34 nafar muxlisidan da`vo tushgan. Barcha da`volar marhum xonandaning o`limida ayblangan, 2011 dan 2013 yilgacha ozodlikdan mahrum etilgan shifokor Konrad Myurreyga  yo`naltirildi.  

Orlean shahri sudi qaroriga ko`ra, faqatgina 5 nafar muxlis emosional zarar etkazganini isbotlay olgan. Advokatlarning aytishicha, bunday vaziyat jahon sudi amaliyotida ilk bor yuzaga kelgan.



    Boshqa yangiliklar