AsosiyDunyo

Johar Sarnaevni shu yilning noyabr oyida sud qilashadi

Bostondagi terrorchilikni uyushtirganlikda ayblanayotgan Johar Sarnaev ishi bo`yicha sud joriy yilning 3 noyabr kuni boshlanadi. Ushbu qaror Boston federal sudi tomonidan qabul qilindi.
 
Sarnaevning advokatlari sudni 2015 yilning sentyabr oyida boshlanishi so`ragan. Ular ko`rsatilgan dalillar bilan tanishib chiqishga ulgurmaganiklarini aytishmoqda.

Johar Sarnaev akasi Tamerlan bilan 2013 yilning aprel oyida Bostondagi Marafon vaqtida bo`lgan terrorchilikni amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Terrorchilik oqibatida 3 kishi halok bo`lgan, 250 dan ortig`i esa jarohatlangan. Shuningdek, ular polisiyachining o`limida ham ayblanishmoqda.

Tamerlan Sarnaev otishma vaqtida o`ldirilgan, Johar Sarnaev esa qo`lga olingan.

Eslatib o`tamiz, 31 yanvar kuni AQSh prokraturasi suddan Johar Sarnaevga o`lim jazosiga hukm qilinishini talab qilgan.

    Boshqa yangiliklar