AsosiySUG'DIYONA
3518

QON BOSIMI OShSA…

'QON BOSIMI OShSA…'ning rasmi

Qon bosimi oshishi infarkt yoki boshqa yurak‑qon tomir kasalliklari kelib chiqishiga olib keladi. Quyidagi mahsulotlar qon bosimi ko`tarilib ketishining oldini oladi.

Sabzavot va mevalar: amerikalik olimlar olib borgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, ko`p sabzavot va meva iste`mol qilganlar orasida yurak‑qon tomir kasalliklari hamda qon bosimi oshishi holatlari kam uchraydi. Kuniga bir dona olma, tushlik va kechki ovqatda esa dimlangan sabzavotlar yoki ulardan tayyorlangan salat iste`mol qilishga odatlaning.

Soya: qon bosimi oshishining oldini olish uchun kuniga 250 gr. (1 stakan) soya suti iste`mol qiling. U qon bosimini tushiradi.

Yog`sizlantirilgan sut mahsulotlari: sutli mahsulotlar kalsiy, kaliy va magniyga boy. Bu moddalar esa qon tomirlarni kengaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Kuniga bir stakan sut yoki 150 gr. tabiiy yog`sizlantirilgan qatiq iching.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar