AsosiySUG'DIYONA

PAZANDAChILIKNING SIZ BILIShINGIZ ShART BO`LGAN 14 SIRI

'PAZANDAChILIKNING SIZ BILIShINGIZ ShART BO`LGAN 14 SIRI'ning rasmi
  1. Oshirma xamirdan non yoki bulochka tayyorlayotganda ozroq kartoshka kraxmalidan qo`shing. Shunda pishiriq ertasiga ham qattiqlashib qolmaydi
  2. Oshirma xamir uchun ilitilgan sutga yarim stakan gazsiz suv qo`shilsa, tez oshadi.
  3. Quymoq tayyorlayotganda tuxumni atalab, 2 osh qoshiq suv qo`shing. Ta`mi ham ko`rinishi ham me`yorida bo`ladi.
  4. Tuxum oqi yaxshi ko`pirishi uchun bir-ikki tomchi limon sharbati yoki pichoq uchida tuz qo`shing.
  5. Yaxlit go`sht bo`lagini duxovkada pishirayotganda yuzasiga ozroq asal surtib olsangiz, bir tekisda qizarib pishadi.
  6. Jigar tez va yumshoq pishishi uchun yuzasiga ozroq shakar seping. So`ng qovurib olsangiz ham bo`ladi.
  7. Nonushta uchun pishirilayotgan tuxumni avval sovuq suvda chayib, so`ng qaynatsangiz yorilib ketmaydi.
  8. Salat uchun guruch qaynatayotganingizda yarim choy qoshiq sirka qo`shing. Shunda guruch doni bir-biriga yopishib qolmaydi.
  9. Makaronni qaynatib olgach, ozroq o`simlik yog`i bilan aralashtiring. Bir-biriga yopishmay, taomda chiroyli ko`rinadi.
  10. Pirog yoki keks pishirayotganda sirka tugab qolsa, iste`mol sodasini qo`shgach, ozroq qaynagan suv ham soling. Qaynatilgan suv sodaning tahir ta`mini bilintirmaydi.
  11. Jigarning yuzasidagi yupqa pardasi oson olinishi uchun barmoqlaringizni tuzga botirib, so`ng ishga kirishing.
  12. Qahva qaynatayotganingizda bir chimdim tuz qo`shishni unutmang. Ichimlik ta`mi xushxo`r bo`ladi.
  13. Smetana yoki qaymoqqa ozroq sutni aralashtirib, so`ng taom qaylasiga ishlatishingiz mumkin. Bu tariqa smetana yoki qaymoq chirib tushmaydi.
  14. Do`lma yoki kotlet qiymasiga piyoz bilan birga kartoshka, sabzi va pomidorni qirg`ichdan o`tkazib, ko`katlarni esa to`g`rab solsangiz, yanada mazali bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar