AsosiySUG'DIYONA

​O`ZINGIZNI YaXShI HIS QILIShINGIZ UChUN 30 ODDIY QOIDA

'​O`ZINGIZNI YaXShI HIS QILIShINGIZ UChUN 30 ODDIY QOIDA'ning rasmi
  1. Tabassum qiling!
  2. Har kuni xonangizni, ish stolingizni keraksiz narsalardan, changu g`uborlardan tozalang!
  3. Yuzingizni moychechak qaynatmasi bilan yuving.
  4. Fast-fud mahsulotlarini rad eting.
  5. Ertalab, albatta, jismoniy mashqlar bajaring!
  6. Har kuni bir paytda uxlab, bir paytda uyg`onishni o`rganing!
  7. Nonushta, tushlik va kechki taomni ma`lum bir belgilangan vaqtda tanovul qiling.
  8. 8 soatdan kam uxlamang!
  9. Pulingizni tejang!
  10. Faqat yaxshiliklar haqida o`ylang, ular, albatta, amalga oshadi!
  11. Uxlashdan oldin kefir iching!
  12. Oyoqlaringizni, yuz-qo`llaringizni sovuq suvda yuving.
  13. Internetga kamroq vaqt sarflang!
  14. Ta`til kunlarining har birini suratlarga muhrlang!
  15. Yugurish yoki piyoda yurishni boshlang! Va kanda qilmang!
  16. Har kuni 15 daqiqa obruch aylantiring!
  17. Har kuni 5 ta yangi so`z o`rganing.
  18. Qo`pol va tez-tez takrorlanadigan so`zlardan voz keching!
  19. Har kuni kimgadir kichik bo`lsa-da yaxshilik qiling. Masalan, hamkasblarning idishlarini yuvib qo`ying!
  20. Ko`ngilga yaqin she`rlarni o`qing!
  21. Qaddingizni tik tutib, to`g`ri yuring!
  22. Yomon va keraksiz odatlaringizga chek qo`ying!
  23. O`zingizni bo`sh qo`ying! Sevimli musiqangizni tinglang va bu onda hech narsa haqida o`ylamang!
  24. Har kuni yangilikdan xabardor bo`ling va yangi narsa o`rganing!
  25. Har kuni hech bo`lmaganda 10-15 sahifa mutolaa qiling!
  26. Atrofdagilarga chiroyli so`zlar ayting, maqtang!
  27. Ota-onangiz yoki farzandingiz bilan dildan suhbatlashish uchun har kuni vaqt ajrating!
  28. Har kuni kamida 1 yarim litr suv iching!
  29. Mevalar, sabzavotlar va quruq mevalardan har kuni iste`mol qiling!
  30. Erishganlaringiz haqida kundalikka yozib boring!

    Boshqa yangiliklar