Yaqinda qo`limning yuqori qismi osilib qolayotganini payqadim. Yoz kunlari engi kalta libos kiyishni istayman. Biroq bunday holda yozni qarshilash biroz noqulay. Muammoni jarroh aralashuvisiz, uy sharoitida hal qilsa bo`ladimi? Shu bir ikki oy ichida qo`lni chiroyli ko`rinishga keltirish uchun nima qilish mumkin?
Shahlo
Oldini olamiz
Odatda qo`lning yuqori qismidagi teri ikki holatda: yosh bilan bog`liq o`zgarishlarda va tez fursatlarda katta vazndan xalos bo`lganda yuzaga keladi. Aslida, ular paydo bo`lgandan keyin bartaraf etish biroz mushkul. Bari terining holatiga bog`liq. Lekin oldini olish va vaziyatni uy sharoitida bir qadar yaxshilash imkoniyati doim mavjud. Buning eng oson usuli esa jismoniy mashqlar hisoblanadi. Avvaliga bir kiloli kichik gantellar (yoki yarim litrli plastik idishni suyuqlik bilan to`ldirib) jismoniy mashqlarni bajarsangiz bo`ladi. Asta-sekinlik bilan og`irlikni oshirib borishingiz mumkin. Shunda qo`lda qon aylanishi jadallashib, mushak va biriktiruvchi to`qimalar taranglashadi. Ishoning busiz hecham iloji yo`q. Qaysi jismoniy mashqni bajarishni esa “Sug`diyona” minida ko`rishingiz mumkin.
Dorixonaga yo`lingiz tushmaydimi?
Koenzim Q10 moddasi inson organizmining har bir hujayrasida mavjud bo`lib, quvvat hosil qilish va uni to`plashga xizmat qiladi. Ayniqsa, yurak faoliyati uchun juda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, eng kuchli antioksidantlarda biri bo`lib, qarishga qarshi qurashadi ham. Uning bu xususiyatlarini izohlab bergan angliyalik olim Piter Michellga Nobel mukofoti taqdim etilgan. Aslida koenzim Q10 har birimizning jigarimizda ishlab chiqariladi. Biroq yosh o`tgani sari uning ishlab chiqarilishi kamayadi. Boshqa a`zolarga ko`proq singgani bois, teriga kamroq qismi etib keladi. Natijada teri tarangligi yo`qolib, osilib qola boshlaydi. Buning oldini olish uchun esa bir piyola qaymoqqa bir piyola yog`li qatiq va 50 ml. koenzim Q10 (Koferment Q) moddasini (dorixonalarda suyuq yoki yog`li kapsula ko`rinishida bo`ladi) aralashtiring-da, maxsus qolipga solib muzlatkichga joylang. Hosil bo`lgan muz bo`lakchalarini har kuni dush qabul qilganingizdan keyin qo`lga surtib, bir necha daqiqaga qoldirasiz. Keyin iliq suvda chayib tashlaysiz. Aytganday, baqbaqalardan xalos bo`lishda ham bunday muz bo`laklari juda samarali hisoblanadi. Natija yaqqol namoyon bo`lishi uchun tahminan 28-30 kun talab etiladi. Bundan tashqari qizil palma moyi, mol go`shti, marinadlangan seld balig`i, eryong`oq va kunjut tarkibida ham ushbu modda mavjud. Tanangizga yordam berish uchun ulardan ko`proq tanovul qilib turing.
Uqalaymiz!
Mushaklar haqida yuqorida to`xtaldik, ularning holatini yaxshilashning yana bir chorasi uqalash hisoblanadi. Ayniqsa uni asal bilan bajarsangiz muammodan yanada tezroq xalos bo`lasiz. Muolajani uy sharoitida o`zingiz amalga oshirishingiz mumkin. Faqat harakatlar limfa oqimi yo`nalishida, ya`ni pastdan tepaga qarata bajarilishi lozim. Uqalashni kun ora har bir qo`l uchun 15 daqiqadan bajarish tavsiya etiladi.
Niqoblar ham foydali
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






