AsosiySUG'DIYONA
3364

OLMA, ChAKANDA VA PIYoZ HARORAT KO`TARILGANDA YoRDAM BERADI

'OLMA, ChAKANDA VA PIYoZ HARORAT KO`TARILGANDA YoRDAM BERADI'ning rasmi

Chakanda (oblepixa)

1 osh qoshiq chakanda murabbosi yoki tuyilgan mevasi ustidan 1 stakan qaynoq suv quyib, past olovga qo`ying. 10 daqiqa qaynatgach, olovdan olib, qopqog`ini yopgan holda 2 soat tindiring. Dokadan o`tkazib, tungi uyqudan oldin iliq holda mayda xo`plab ichiladi.

Arpa yormasi (perlovka)

Yarim stakan yorma ustidan 2 stakan suv quyib, past olovda 10-15 daqiqa qaynating. Keyin tindirib, sovuting. Qaynatmadan tungi uyqudan oldin yarim stakan ichiladi. Ta`mini yaxshilash uchun 1 choy qoshiq asal qo`shish mumkin.

Olma va piyoz

Bir dona olma va bir bosh piyozning suvini siqib olib, yaxshilab aralashtiring. Keyin 1 osh qoshiq asal qo`shib, yana bir marta aralashtiring. Aralashmani uchga bo`lib, shu uch qismni kun davomida ichib tugatish kerak.

(krugda)

Isitmani tushirishning xalqona usullari tana harorati 38,5 dan oshgandagina qo`llanganda samara beradi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar