AsosiyJamiyat

BOJXONA NAZORATIDAN YaShIRINChA O`TKAZILAYoTGAN TELEFONLAR

'BOJXONA NAZORATIDAN YaShIRINChA O`TKAZILAYoTGAN  TELEFONLAR'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijdan ko`p miqdordagi qimmatbaho telefonlarni bojxona nazoratidan chetlab olib kirishga uringan kimsalar haqida avval ham xabar bergan edik. Oradan ko`p o`tmay poytaxt aeroporti bojxonachilari xodimlari yana xuddi shunday bojxona qoidabuzarliginifosh etishdi.

Bu haqida Davlat bojxona qo`mitasi o`zining Telegram tarmog`idagi rasmiy axborot kanali (https://t.me/customschannel) orqali xabar berdi.

Amaldagi tartiblarga ko`ra, ruxsat etilgan me`yorlardan ortiqcha bo`lgan uyali aloqa vositalarini respublikamizga olib kirishda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining ruxsati talab etiladi.

Ammo, “Seul-Toshkent” reysi bo`yicha parvozini yakunlagan fuqaro Umidbek Latifov (maqoladagi barcha ism-shariflar o`zgartirilgan) ushbu tartiblarga rioya qilmadi. Bojxona nazoratidan o`tish davomida u yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ham yonida ortiqcha tovarlar yo`qligini ma`lum qiladi.

Lekin, unga tegishli bagaj nazorat-rentgen apparatidan o`tkazilganda, yuklar orasida temir qutilar bojxonachilarning diqqatini tortdi. Ushbu temir qutilar belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, ular orasiga muqaddam foydalanilgan turli rusumdagi 133 dona uyali aloqa vositalari yashirilganligi ma`lum bo`ldi.

Keyinchalik qayta sotish maqsadida olib kirilgan ushbu telefonlarning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 64,5 mln. so`mdan oshar ekan.

    Boshqa yangiliklar