1

Odam savdosi orqali topilayotgan daromad noqonuniy qurol-yarog` savdosi keltiradigan daromadlarga tenglashdi

Jamiyat 19.02.2014, 11:39
Teglar: fohisha
Odam savdosi orqali topilayotgan daromad noqonuniy qurol-yarog` savdosi keltiradigan daromadlarga tenglashdi

Keyingi yillarda odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar jahon miqyosida jiddiy tashvish va xavotirlarni keltirmoqda. O`tgan asrning 70-80-yillarida Evropa davlatlarida odam savdosi keskin rivojlandi.


Tahlilchilarning fikricha, jahon iqtisodining rivojlanishi, transport taraqqiyoti, mahalliy va davlatlararo migrasiya jarayoni odam savdosi bilan shug`ullanuvchilarning faoliyati avj olishiga sabab bo`ldi. XX asrning 80-90-yillariga kelib uyushgan transmilliy jinoyat sifatida odam savdosi dunyo miqyosida dolzarb muammolardan biriga aylandi. Keyingi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qanchalik ortib borayotgan bo`lsa, dunyoning qator mamlakatlarida bu jinoyatga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlar ko`lami ham kengaymoqda.



Odam savdosi oqibatida jismoniy shaxslar tovarga aylanadilar. Odamlar sotib olish yoki sotib yuborish, hadya qilish, topshirish uchun ob`ekt bo`lishlari mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ular jonsiz buyumlarga tenglashtiriladi. Jabrlanuvchilar asosan o`z yurtidan boshqa davlatlarga tranzit qilish, chegaralardan o`tkazish orqali sotib yuboriladi. Bu illatga qarshi barcha davlatlar hamkorlikda faoliyat yuritishlari zarurligi sababli, Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ko`p e`tibor qaratayotgan faoliyat yo`nalishlaridan biriga aylandi. Ayni shu illatga qarshi kurashish maqsadida BMT odam savdosiga qarshi kurash xarakati borasida global rejasini qabul qildi. Hujjatda zamonaviy qullikni yo`q qilish maqsadida jahon hamjamiyati uyushgan jinoiy guruhlarni yo`q qilishda birgalikda kurashish kerakligi ta`kidlanadi.


Og`riqli raqamlar



Afsuski, hozircha jahon hamjamiyati odamsavdosi bilan bog`liq jirkanch illatning ildizini yo`q qilishga muvaffaq bo`lganicha yo`q. Xalqaro tahlilchilarning so`zlariga qaraganda, har yili er yuzida 4 milliondan ortiq katta yoshdagi kishi o`z xohishlariga qarshi ushlanadilar, sotiladilar, sotib olinadilar. XXI asrning sharmandali ko`rinishi bo`lmish odam savdosi tufayli har yili 10 million bola qullikka giriftor bo`lmoqda. Tahlilchilarning fikricha, har yili o`rtacha 2 millionga yaqin ayol qul sifatida sotiladi. Rossiyalik huquq himoyachilarining so`zlariga qaraganda, birgina Rossiyadan har yili 50 mingdan ortiq yosh ayol xorijga olib chiqiladi. Ularning yarmidan ko`pi 15 yoshga to`lmagan qizlar ekani aytiladi.



Ma`lumotlarga ko`ra, hozir dunyo bo`yicha taxminan 27 million kishi odam savdosi tufayli qullik holatiga tushib qolgan. Bu borada Nepal, Sudan, BAA, Hindiston, Gabon, Gaiti kabi davlatlarda eng og`ir holatlar kuzatilmoqda.



Bugungi kunda jinoiy biznes deb atalmish odam savdosi keng qamrovli tus olgani bois mazkur illat orqali topilayotgan daromadlar noqonuniy qurol-yarog` va olmos savdosi keltiradigan daromadlarga tenglashdi. Xalqaro hamjamiyat ma`lumotlariga ko`ra, har yili odam savdosi bilan shug`ullanuvchi uyushgan jinoiy guruhlar 32 milliard AQSh dollari miqdorida daromad topishadi.



Ma`lumki, bundan 10 yil avval BMT tomonidan odam savdosiga to`siq qo`yish maqsadida hujjat qabul qilingan edi. Bu hujjatga ko`ra, odam savdosi og`ir jinoyat va inson huquqlarining qo`pol sur`atda buzilishi sifatida ko`riladi. BMT bosh kotibi Pan Gi Mun dunyo mamlakatlariga murojaat qilar ekan, odam savdosiga qarshi kurash jamg`armasiga o`z hissalarini qo`shishga chaqirdi.



Odam savdosidan dunyodagi biror bir davlat chetda qolayotgani yo`q. Ya`ni qaysidir davlatdan tirik tovarlar olib chiqilsa, ikkinchi davlatga odam savdosi qurbonlari etkazib beriladi. Jinsiy ekspluatasiya, majburiy mehnat, tilanchilikka majburlash va inson organlarini transplantasiya qilish maqsadida tirik odamlarni sotish odam savdosi deya atalmish illatning - zamonaviy qullikning ko`rinishidir.



Germaniyaning Der Spiegel nashriga ko`ra, ayni damda Evropa Ittifoqi mamlakatlarida taxminan 880 000 kishi majburiy mehnatga jalb qilingan. “Ko`hna qita”da 3600 xalqaro uyushgan jinoiy guruh faoliyat yuritayotir. Bu guruhlar bir yilda odam savdosidan 25 milliard evro daromad ko`rmoqda.


Biz ham kurashyapmiz


Bugungi kunda “odam savdosi” deb atalmish transmilliy jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Odam savdosi transmilliy, ya`ni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyat ekanligi hisobga olinib, O`zbekiston 2003 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining “Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash to`g`risida”gi Konvensiyaga qo`shildi. Shuningdek, mamlakatimiz parlamenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 2000 yil 15 noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to`g`risida"gi Konvensiyaga hamda odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalarni sotishning oldini olish, unga chek qo`yish va buning uchun jazolash to`g`risidagi qo`shimcha hujjatlar imzolandi.



2008 yilning 17 aprelida “Odam savdosiga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonunning hamda 2008 yil 8 iyulida “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori bilan qonun normalari amalga yanada samarali tadbiq etilmoqda.



Xavfsizligimizga tahdid solayotgan terrorizm, odam savdosi va boshqa transmilliy jinoyatlarga qarshi murosasiz kurashishimiz, doimo ogoh va hushyor bo`lishimiz lozim. Odam savdosiga qarshi kurashishda aholi, ayniqsa yoshlar o`rtasida illatning xavfli oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish, fuqarolarni mavjud holatdan ogoh etish muhim o`rin tutadi.



[right]Sh.To`laganov[/right]







Sharhlar

​Yunusobod tumanida fohishaxona saqlash aniqlandi

10.07.2017, 09:45

2017 yilning 6 iyul kuni taxminan soat 13:30larda, o`tkazilgan “Kompleks” tezkor tadbiri davomida, Suxix Denis Borisovich, Yunusobod tumani, 4-mavze, 55-uy, 30-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so`m...
​Yakkasaroyda yana bir fohishaxona fosh etildi

29.06.2017, 15:17

2017 yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Raxmanberdieva Maftuna Atamuradovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so`m pul...
​Toshkentda 24 ming so`m evaziga fohishaxona yaratib bergan fuqaroga jinoyat ishi qo`zg`atildi

28.06.2017, 16:30

2017 yilning 24 iyun kuni taxminan soat 20:00 larda o`tkazilgan “Oriyat” tadbiri davomida, Vasyakin Ravil Djamilevich, Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 24.000...
​Ichki ishlar xodimlari navbatdagi fohishaxona faoliyatiga chek qo`yishdi

20.06.2017, 12:01

2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 17:30larda, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ivanova Nadejda Mirzo Ulug`bek tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 70.000 so`m pul...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1