ROMITAN TUMANI MADANIYaT VA ISTIROHAT BOG`IDA “NURONIYLAR MASKANI” MAJMUASI FOYDALANIShGA TOPShIRILDI
Romitan tumani madaniyat va istirohat bog`ida “Nuroniylar maskani” majmuasi foydalanishga topshirildi Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom ko`rsatish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, hayotiy ehtiyojlarini ta`minlash borasida doimiy g`amxo`rlik ko`rsatilayotgani ta`kidlandi.
Boy kitob fondiga ega kutubxona, shaxmat-shashka, tibbiyot, dam olish xonalari, keksalar uchun mo`ljallangan maxsus trenajyor zali va choyxonadan iborat mazkur majmua mebel va boshqa jihozlar bilan ta`minlangan.
Tadbirlarda Buxoro viloyati hokimi O`.Barnoev so`zga chiqdi.