AsosiyJamiyat

​TOShKENTDAGI INHA UNIVERSITETI VA AVSTRALIYaNING KYoRTIN UNIVERSITETI O`ZARO ANGLAShUV MEMORANDUMINI IMZOLAShDI

'​TOShKENTDAGI INHA UNIVERSITETI VA AVSTRALIYaNING KYoRTIN UNIVERSITETI O`ZARO ANGLAShUV MEMORANDUMINI IMZOLAShDI'ning rasmi

TOShKENTDAGI INHA UNIVERSITETI VA AVSTRALIYaNING KYoRTIN UNIVERSITETI O`ZARO ANGLAShUV MEMORANDUMINI IMZOLAShDI

Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti o`rtasida axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida birgalikda tadqiqotlar olib borish va universitetlar o`qituvchilari o`rtasida tajriba almashishni ko`zda tutuvchi o`zaro anglashuv memorandumiimzolandi.

Imzolangan hujjat doirasida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining turli yo`nalishlari bo`yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish, treninglar tashkil etish, ta`limga oid loyihalar ishlab chiqish ko`zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar ta`lim olish, tajriba almashish uchun talaba va o`qituvchilar almashinuvini yo`lga qo`yishni rejalashtirmoqda.

Xususun, o`zbekistonlik talabalar magistratura va doktorantura bosqichini Kyortin universitetida o`qish imkoniyatiga ega bo`ladi. Ilk qo`shma dasturlardan biri magistraturada "1+1" sxemasi bo`yicha o`qitish bo`lib, uning doirasida talabalar bir yil mobaynida Toshkentdagi Inha universitetida, bir yil Kyortin universitetida ta`lim oladi. Tajriba va pedagogik texnologiyalarning yanada samarali almashinuvini yo`lga qo`yish maqsadida yurtimiz talabalari bilan mashg`ulotlar olib borish uchun avstraliyalik o`qituvchilarni taklif etish rejalashtirilmoqda.

Kyortin universiteti Avstraliyaning etakchi oliy o`quv yurtlaridan biri bo`lib, unda 60 mingga yaqin talaba ta`lim oladi, ularning qariyb 40 foizi xorijlik talabalardir. Universitet ta`lim berish sifati, shuningdek, laboratoriya xonalarida o`tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mashhur.

    Boshqa yangiliklar