AsosiyJamiyat

​"ADOLAT UYI" 2 MILLIARD 922 MILLION SO`MGA BITKAZILDI

'​"ADOLAT UYI" 2 MILLIARD 922 MILLION SO`MGA BITKAZILDI'ning rasmi

"ADOLAT UYI" 2 MILLIARD 922 MILLION SO`MGA BITKAZILDI

Toshkent viloyati ma`muriy markazi — Nurafshon shahriga kiraverishda zamonaviy tipdagi ko`pqavatli bino qad ko`tardi. Uning peshtog`iga davlat bayrog`i va gerbi o`rnatildi. Peshlavhasiga “Jinoyat ishlari bo`yicha O`rta Chirchiq tuman sudi” hamda “Ma`muriy ishlar bo`yicha O`rta Chirchiq tuman sudi” degan so`zlar yozildi.

Binoda sudyalar samarali faoliyat yuritishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, ya`ni 18 ta xona, 2 ta majlislar zali mavjud. Ularning barchasi zamonaviy texnika texnologiya vositalari bilan ta`minlangan.

Qurilish-montaj ishlari “Boysun omad” MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirildi. Buning uchun 2 milliard 922 million so`m sarflandi.

Tuman aholisi yangi binoni “Adolat uyi” deb nomladilar. Manba: “Xalq so`zi” nashri

    Boshqa yangiliklar