AsosiyJamiyat

​UChQO`RG`ON TUMANIDA “UZTEX UCHKURGAN” IP-YIGIRUV VA TO`QUV KORXONASI ISh BOShLADI

'​UChQO`RG`ON TUMANIDA “UZTEX UCHKURGAN” IP-YIGIRUV VA TO`QUV KORXONASI ISh BOShLADI'ning rasmi

UChQO`RG`ON TUMANIDA “UZTEX UCHKURGAN” IP-YIGIRUV VA TO`QUV KORXONASI ISh BOShLADI

Sal avvalroq “Uztex” kompaniyalari guruhi tomonidan shu hududda “Uchkurgan textile” mas`uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan edi. Yiliga 7 ming tonna kalava ip ishlab chiqarishga mo`ljallangan mazkur korxona sexlari Shveysariya, Italiya, Germaniya va Belgiyadan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Ularni xorijiy mutaxassislar rahbarligida maxsus tayyorgarlikdan o`tgan 800 nafarga yaqin mahalliy yoshlar boshqarmoqdalar.

Mas`uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Uztex Uchkurgan” O`zbekiston — Buyuk Britaniya — Singapur qo`shma korxonasida esa bu erda tayyorlangan kalava ip to`qimachilik va momiq mahsulotiga aylantiriladi. 16 gektar maydonni egallagan, 300 kishi mehnat qiladigan ushbu majmuani qurish va zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlash uchun ta`sischilarning o`z mablag`i va bank krediti hisobidan salkam 120 million dollar miqdorida sarmoya yo`naltirildi.

Endilikda har ikki loyiha doirasida barpo etilgan quvvatlar yordamida yiliga 16,5 ming tonna kalava ip va 7 ming tonna momiq mato ishlab chiqariladi. Biznes-rejaga muvofiq, har yili mahsulotning asosiy qismi, ya`ni 50 million AQSh dollarligi eksport qilinadi.

Zamonaviy engil sanoat majmuasining ochilish marosimida so`zga chiqqanlar uning iqtisodiyotimiz taraqqiyotidagi o`rni va ahamiyatini alohida ta`kidladilar.

Taqdimot marosimida Namangan viloyati hokimi X. Bozorov so`zga chiqdi.

    Boshqa yangiliklar