O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi.
Zilzila 12 noyabr kuni Eron-Iroq chegarasida qayd etilgan. Evropa-O`rta Er dengizi seysmologik markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila magnitudasi 7,2ni tashkil etgan
Zilzila oqibatida halok bo`lgan insonlar soni 200 kishiga etdi.
Qizil yarimoy jamiyati 70 mingga yaqin eronliklar boshpanasiz qolgani, ularga vaqtinchalik turar joylar kerakligi haqida xabar qilmoqda. Eron hukumati jabrlanganlarga barcha zarur yordam choralarini ko`rsatishga kirishgan. Xususan, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Ichki ishlar vazirligiga mamlakatning g`arbiy hududlarida zilziladan jabr ko`rgan aholining barcha ehtiyojlarini tezroq qondirish bo`yicha topshiriq bergan.






