AsosiyJamiyat

RESPUBLIKA OLIY SUDIDA TOShKENT SOLIQ KOLLEJI O`QUVChILARI BILAN UChRAShUV O`TKAZILDI

'RESPUBLIKA OLIY SUDIDA TOShKENT SOLIQ KOLLEJI O`QUVChILARI BILAN UChRAShUV O`TKAZILDI'ning rasmi

Unda o`quvchilarga mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma`lumot berildi.

Prezidentimizning sudlar faoliyatini yanada kuchaytirish, ular tomonidan ijtimoiy adolatni ta`minlash borasidagi tashabbuslari sud hokimiyati faoliyatiga yangicha mazmun olib kirgani alohida ta`kidlandi.

Tadbirda sudlar faoliyatidagi yangicha yondashuvlar haqida to`xtalib o`tildi. O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

O`quvchilar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati hamda Oliy sud muzeyi bilan yaqindan tanishdi.

    Boshqa yangiliklar