1

DASTURLAR IShLAB ChIQISh BO`YIChA TANLOVGA ARIZALAR QABUL QILINMOQDA

Hi-tech 13.11.2017, 17:37
DASTURLAR IShLAB ChIQISh BO`YIChA TANLOVGA ARIZALAR QABUL QILINMOQDA

Ochiq ma`lumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish bo`yicha “Open Data Challenge” tanloviga joriy yilning 10 noyabridan boshlab arizalar qabul qilishni boshladi.
“Open Data Challenge ” – bu davlat idoralari taqdim qilgan ochiq ma`lumotlarga asoslangan holda dasturlar ishlab chiqish bo`yicha tanlov bo`lib, O`zbekiston uchun nisbatan yangi bo`lgan ochiq ma`lumotlar g`oyasini targ`ib etishga xizmat qiladi.

Hakatonning asosiy vazifasi Ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz) va O`zbekiston davlat organlari veb-saytlarida joylashtirilgan hamda xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan ochiq ma`lumotlardan o`zaro ijtimoiy va innovasion ilovalar hamda xizmatlar yaratishdir.

Mazkur tanlov O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, O`zbekistondagi BMTTD vakolatxonasi, Buyuk Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “Elektron Hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va “UZINFOCOM” markazlari tomonidan tashkil etilmoqda.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar joriy yilning 24 noyabr kuniga qadar https://data.gov.uz/uz/hackathon/register saytida ro`yhatdan o`tishlari lozim.

Tanlovning asosiy tadbirlari 2017 yilning 30 noyabrdan 3 dekabriga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida bo`lib o`tadi. 2017 yilning 30 noyabr va 1 dekabr kunlari Hakaton ichshtirokchilari taklif etilgan mutaxassislar o`tkazadigan turli trening va master klasslarda ishtirok etadilar.

Tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi 2017 yilning 16 dekabr kuni bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1