Shou-biznesda san`atkorlar orasida mehr-oqibat, do`stlik tushunchalari yo`qolib ketgan deganlar adashadi. Boisi 20 dan 21 fevralga o`tar kechasi Manzuraning san`atdagi eng yaqin do`stlari jam bo`lishdi. Ular orasida “Darakchi” muxbiri Qamariddin Shayxov ham bor edi. Uning xabar berishicha, Manzurani qutlagani "Nihol" mukofoti sovrindorlari Oybek va Nigora, Umidaxon, Mo`min Oripovning turmush o`rtog`i Kamola Oripova, xonandalar Farruh Ahmedov, Tohir Usmonov, taqlidchi Sherzod Bin va shou-biznesimizning ko`plab ilg`or vakillari tashrif buyurishgan.
Ma`lumotlarga qaraganda, yuqorida nomlari sanab o`tilgan san`atkorlarimiz o`rtasida allaqachon do`stlik rishtalari bog`langan bo`lib, bir birlarining tavallud ayyomlarini bu tarzda nishonlash esa odat tusiga kirgan.
Biz esa fursatdan foydalanib xonanda Manzurani yana bir bahori bilan tahririyatimiz xodimlari nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz. Bugungi go`zallik, ayollarga xos nafosat, latofat hech qachon tark etmasin!











