1

Endi o`pkani ham o`stirsa bo`ladi

Salomatlik 21.02.2014, 12:05
Endi o`pkani ham o`stirsa bo`ladi
Texas universiteti (AQSh) tibbiyot fakulteti olimlari inson o`pkasini laboratoriya usulida o`stirish imkoniga ega bo`lishdi.

Medical News Todau ma`lumotlariga ko`ra, avtohalokatga uchragan bolalarning o`pkasi to`qimalarni o`stirishda asos vazifasini o`taydi.
 
Bugungi kunda bir qator og`ir  o`pka kasalliklarini davolashning eng maqbul yo`li transplantasiya o`pkani ko`chirib o`tkazish sanaladi. Biroq, har doim ham donor o`pkasi bemor organizmiga moslashib ketavermaydi. Bunda hamma hatti-harakatlar bekor ketadi, bemor esa, bir yil ham yasholmasligi mumkin. Chunki, o`pka tanamizdagi eng nozik a`zolardan biri. Uni ko`chirib o`tkazish huddi teri transplantisiyasi kabi juda kam samara beradi.
 
Bu borada olimlar 2010 yildan beri ish olib borishmoqda. Ular avvaliga tajribani kalamush va cho`chqalar o`pkasida qo`llab ko`rishdi. Keyin esa, inson o`pkalarida ham shunday tajribani qo`llashdi.
 
Yangi taomilga ko`ra, turli jarohatlardan vafot etgan yosh organizmdagi o`pka mariksi boshqa o`pkadan olingan to`qimalarga ko`chirib o`tkaziladi va laboratoriya sharoitida o`stiriladi. To`rt hafta ichida yangi o`pka etiladi va u haqiqiysidan deyarli farq qilmaydi. Biroq, bu tajriba amaliyotga tatbiq etilishi uchun yillar kerak bo`ladi. Bu ish ustida ishlayotgan olimlardan biri Joan Nikolsning aytishicha, sun`iy o`pka avval cho`chqa organizmida sinovdan o`tkazilishi lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1