1

FARG`ONA VILOYaTIDA “QIMORBOZLAR” QO`LGA OLINDI

Jinoyat 15.11.2017, 12:24
FARG`ONA VILOYaTIDA “QIMORBOZLAR” QO`LGA OLINDI

Farg`ona viloyati Beshariq tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan “qimorbozlar” qo`lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

2017-yil 14 noyabr kuni Beshariq tumani IIB profilaktika inspektorlari

tomonidan Xapalak qishlog`ida yashovchi fuqaro A.M.ga tegishli bo`lgan qurilishi tugallanmagan uy-joyi tekshirilganida, u erda fuqarolar M.T., Sh.K., J.A., F.A. hamda T.N.lar o`rtaga pul tikishib, kimor o`ynayotganligi aniklanib, ushlandi. Daliliy ashyo 120.000 so`m pullar, kartalar olindi. Xuddi shunday holat, 2017-yil 14-noyabr kuni

Qo`rg`oncha mahallasida yashovchi Yu.U.ning yashash xonadonida fuqarolar U.Yu., U.R., X.N. hamda B.N., o`rtaga pul tikib qimor o`ynayotganligi aniqlanib, ushlandi.

Daliliy ashyo sifatida karta va pullar olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1