1

ShAVKAT MIRZIYoEV SERGELI TUMANIDA QURILGAN YaNGI UYLARNI BORIB KO`RDI

Siyosat 17.11.2017, 12:50
ShAVKAT MIRZIYoEV SERGELI TUMANIDA QURILGAN YaNGI UYLARNI BORIB KO`RDI

13 gektar maydonda 66 ko`p qavatli uy-joy qad rostlagan. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 o`rinli maktabgacha ta`lim muassasasi, 630 o`rinli o`rta ta`lim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar milisiya bo`linmasi, pochta va kitob do`koni, dam olish maskanlari, poliklinika, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan.

Bundan tashqari, mavzeda xizmat ko`rsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish o`rinlari yaratildi.

Prezidentimiz yangi qurilgan xonadonlarda bo`ldi. U erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, uy sohiblari bilan dildan suhbatlashdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovg`alar taqdim qildi.

Yangi uy sohiblari Prezidentimiz bilan suhbatda yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanini izhor etdi. Bu kabi uy-joylar oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari va soliq imtiyozlari asosida berilishi aholining kayfiyatini ko`tarib, turmush darajasini oshirishda muhim omil bo`layotganini qayd etdi.

Prezidentimiz kelajakda quriladigan bu kabi uylarni yanada takomillashtirish bo`yicha tavsiya va topshiriqlar berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1