1

PREZIDENTIMIZ ShAVKAT MIRZIYoEV SERGELI TUMANIDA FOYDALANIShGA TOPShIRILGAN YaNGI MAKTABNI BORIB KO`RDI

Siyosat 17.11.2017, 14:49
PREZIDENTIMIZ ShAVKAT MIRZIYoEV SERGELI TUMANIDA FOYDALANIShGA TOPShIRILGAN YaNGI MAKTABNI BORIB KO`RDI

Zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan 630 o`rinli 55-sonli maktabda o`quvchilar va o`qituvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan. Yorug` xonalar, qulay mebel, o`quv-laboratoriya uskunalari, sport zali, stadion, oshxona-bufet va boshqa qulayliklar bolalarning sifatli ta`lim olishida muhim o`rin tutadi.

Sohada amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar jarayonida o`qituvchilar, ota-onalar, o`quvchi-yoshlarning fikr va mulohazalari, takliflarini puxta o`rganish, ularga tayangan holda ish ko`rishga tizimli yondashilmoqda. Xususan, aholi keng qatlamining xohish-istaklari inobatga olingan holda yangi o`quv yilidan boshlab umumta`lim maktablarida 10-sinflar tashkil etilib, o`quvchilarning intilishiga qarab ular maktab, kollej, liseylarda ta`limni davom ettirishi uchun keng sharoitlar yaratildi.

Ma`lumki, poytaxtimizning ayrim hududlarida maktab o`quvchilarning uylaridan uzoqda joylashgan. Bu maktabga o`z vaqtida borib kelish, sifatli ta`lim olishga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Mazkur massivda barpo etilgan maktabda bu holat bilan bog`liq barcha jihatlar e`tiborga olingan. Ota-onalarning ta`kidlashicha, uylarning oynavand qismlari maktab tarafga qaratilgan bo`lib, bu bolalarning maktabga qatnashi, tanaffus paytida ham ularga ko`z quloq bo`lib turish uchun qulaydir. Bundan tashqari, bolalar qorli-qirovli kunlarda ham maktabga transport vositalariga chiqmasdan borib kelish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Prezidentimiz maktab bilan tanishar ekan, ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirishda bu kabi loyihalar muhim o`rin tutishini alohida ta`kidladi.

Prezidentimiz shu erda Sergeli tumani faollari, nuroniylar, yoshlar, jamoatchilik vakillari, yangi uy sohiblari bilan uchrashdi. Uchrashuvda jamiyatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, yangi ish o`rinlari yaratish to`g`risida so`z yuritildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1