AsosiySUG'DIYONA

ERINGIZ «SOChINGNI KESMAYSAN!» DESA...

'ERINGIZ  «SOChINGNI KESMAYSAN!» DESA...'ning rasmi

Aksariyat erkaklar ayolining sochini kesish masalasiga jiddiy qaraydilar. «Soch meniki bo`lsa, u kishiga nima farqi bor?» deymiz-u, ammo bu taqiq bilan hisoblashmaslikning iloji yo`q. Ayollar sochlarini beso`roq kestirib olgandan so`ng janjal boshlanmasligi uchun ro`mol ostiga berkitib yurganlariga ko`p guvoh bo`lamiz.

Yondashuv: soch kestirib, imidjingizni o`zgartirmoqchi ekansiz, keskin harakatlardan oldin hatto bunga qarshilik bildirmaydigan eringiz oldidan ham bir-ikki marta o`tib qo`ying. Sochni kesishga o`nlab sabab topish mumkin: «emizikli bo`lganimdan so`ng sochim duvillab to`kilib ketdi, engillatish kerak», «homilador bo`lganimda eplolmay qolaman, irim qilib, 1 yilga yaqin kesolmay yuraman, hozir kestirib olay», «sochim gullab, xiralashib qoldi, uchini ozgina qirqtiraman», «sizlarga maza, yozda bizga o`xshab sochingiz ko`pligidan terlamaysiz, men ham kaltalatsammikin...», «shu aktrisada bo`lgan hamma narsa menda bor, faqat sochim unikiga o`xshab kesilmagan-da! Agar kestirganimda yosharib ketardim…»

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar