1

2019 YILDAN ASAKA AVTOZAVODIDA TRACKER VA YaNGILANGAN COBALT HAMDA MOTOSIKLLAR IShLAB ChIQARILADI

Iqtisodiyot 22.11.2017, 13:50
2019 YILDAN ASAKA AVTOZAVODIDA TRACKER VA YaNGILANGAN COBALT HAMDA MOTOSIKLLAR IShLAB ChIQARILADI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida «O`zavtosanoat» AJ tomonidan yangi yo`lovchi tashuvchi «Tracker» avtomobili, modernizasiya qilingan «Cobalt» modeli, shuningdek, motosikl va motorollerlarni seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvlar doirasida yangi avlod «Chevrolet Tracker» ixcham avtomobilini seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish ko`zda tutilgan. Avtomobil 1,8 litrli 140 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. 100 km ga yoqilg`i sarfi 8,1 litrni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish to`liq texnologik sikl (shtamplash, payvandlash, bo`yash, yig`ish) bo`yicha amalga oshiriladi. Avtomobilning lokalizasiya darajasi 50 foizdan oshadi.

Bundan tashqari, kelishuvda «Cobalt» avtomobilini yangilash ham nazarda tutilgan. Bu esa o`z o`rnida ichki va tashqi bozorlarda modelning jozibadorligini oshiradi. GM Uzbekistan Alliance’ning ishlab chiqarish va eksport salohiyatining o`sishiga yordam beradi. Ikkala modelning seriyali ishlab chiqarilishi Asaka avtomobil zavodi negizida 2019- yildan boshlanadi.Tashrif davomida «O`zavtosanoat» AJ va «DK Group» o`rtasida motosikl va uch g`ildirakli yuk tashuvchi motorollerlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha kelishuvga erishildi. Shartnoma O`zbekistonda motosikl va uch g`ildirakli yuk tashuvchi motorollerlarni turli modellarini ishlab chiqish imkonini beradi. Motosikl va motorollerlar qulay narx segmentida taqdim etilib, uzoq masofadagi o`tish qiyin bo`lgan hududlarda yashovchi aholining harakatlanishida va mahsulotlarni tashishda juda qulay va narxi bir necha borabar arzon.

«O`zavtosanoat» AJ va Koreya Respublikasi avtomobil sanoati korxonalari o`rtasida o`tkazilgan uchrashuvlar natijasida umumiy qiymati 189,9 mln. AQSh dollariga teng 7 ta bitim, savdo-iqtisodiy sohaga oid 614 mln dollarlik shartnomalar imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1