1

​O`ZBEKISTON VA KOREYa: DAVLATLAR O`RTASIDAGI HAMKORLIK O`RTASIDAGI SIYoSIY HAMKORLIKNING YaNGI BOSQIChI

Siyosat 22.11.2017, 17:09
​O`ZBEKISTON VA KOREYa: DAVLATLAR O`RTASIDAGI HAMKORLIK O`RTASIDAGI SIYoSIY HAMKORLIKNING YaNGI BOSQIChI

2017 yilning 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In taklifiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi bo`lib o`tmoqda.

Ikki mamlakat o`rtasida bir qator sohalarda barqaror hamkorlik uzoq yillardan buyon davom etib kelmoqda. Ushbu maqolada siyosat sohasida davlatlar o`rtasidagi munosabatlar haqida umumiy ma`lumotlarni o`quvchilarimiz e`tiboriga havola etamiz.

Koreya Respublikasi davlatimiz mustaqilligini 1991 yil 30 dekabr kuni tan olgan. Davlatlarimiz o`rtasidagi diplomatik aloqalar 1992 yil 29 yanvardan boshlangan. Bu vaqt mobaynida ikki davlat rahbarlari ishtirokida 14 ta sammit o`tkazildi.

2006 yilda O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Strategik hamkorlik to`g`risidagi o`zaro deklarasiyani imzoladilar. Bu voqea siyosiy, savdo, iqtisodiy, investisiya va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatlar parlamentlararo aloqalar yo`nalishidagi o`zaro hamkorlikni ham jadal rivojlantirishmoqda. Jumladan, 1995 yilda Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasida “Koreya – O`zbekiston” parlamentning do`stlik uyushmasi tashkil etilgan. 2005 yildan boshlab Oliy Majlisning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo`yicha parlamentlararo guruhi faoliyat yuritmoqda. 2012 yil yanvar oyida ikki davlat o`rtasidagi diplomatik aloqalarning 20 yilligi munosabati bilan Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Xi Te O`zbekistonga tashrif buyurdi.

Ikki mamlakat o`rtasida hukumatlar darajasidagi delegasiyalarning o`zaro tashriflari kengayib bormoqda. Muntazam ravishda tashqi ishlar vazirlari o`rinbosarlari darajasida siyosiy maslahatlashuvlar, xalqaro tashkilotlar doirasida muvaffaqiyatli hamkorlik olib borilmoqda.

Tashrif boshlangunga qadar, hamkorlikning huquqiy asosi O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasida imzolangan turli sohalardagi 149 ta ikki tomonlama hujjatlardan iborat bo`lgan (xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`rtasidagi hujjatlarni hisobga olmagan holda).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1