1

​A.NAYMARK: “DUNYo TO`PLAMLARIDA O`ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI” LOYIHASI DOIRASIDA ChOP ETILGAN KITOBLAR “MUDRAB” YoTGAN SAN`AT ASARLARI TOMON YO`L OChADI

Madaniyat 23.11.2017, 17:04
​A.NAYMARK: “DUNYo TO`PLAMLARIDA O`ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI” LOYIHASI DOIRASIDA ChOP ETILGAN KITOBLAR “MUDRAB” YoTGAN SAN`AT ASARLARI TOMON YO`L OChADI

A.NAYMARK: “DUNYo TO`PLAMLARIDA O`ZBEKISTONNING MADANIY MEROSI” LOYIHASI DOIRASIDA ChOP ETILGAN KITOBLAR “MUDRAB” YoTGAN SAN`AT ASARLARI TOMON YO`L OChADI

Joriy ilning 28-29 noyabr kunlari Toshkent shahrida “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” nomli media-forumi bo`lib o`tadi. Unda dunyoning etakchi ilm-fan vakillari, muzeylar, kutubxonalar, ilmiy institutlar va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, O`zbekiston olimlari va ekspertlari ishtirok etadi. Ular orasida Xofstra universiteti (Nyu-York, AQSh)ning tasviriy san`at, dizayn, san`at tarixi, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo dasturlari kafedralari mudiri Aleksandr Naymark Ilich ham bor. U «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi haqida shunday deydi:

— «Dunyo to`plamlarida O`zbekistonning madaniy merosi» loyihasi doirasida tayyorlangan albom-kitoblarning o`tgan galgi taqdimoti kabi bu safargi uchrashuv ham oradan yarim yil vaqt o`tib bo`lsada, tashkilotchilarning harakatlari g`oyat katta samara berishini ko`rsatmoqda.

Shu qisqa vaqt ichida loyihaga etakchi mutaxassislar jalb qilindi va kitoblar chop etildi. Kitoblarda omma e`tiboriga hatto mutaxassislarning o`zlari ham bexabar bo`lgan ajoyib kolleksiyalar haqida ochiqlanadi. Albom-kitoblar bir necha o`n yilliklar mobaynida zahiralarda “mudrab” yotgan san`at asarlari, milliy madaniyatning butun bir qatlami tomon keng yo`l ochadi.

O`zbekistonning obrazini yaratishda bu kabi loyihalardan-da yaxshirog`i yo`q, deb o`ylayman. Tashkilotchilarga qoyil, deyishdan o`zga choram yo`q!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1