1

O`ZBEKISTON PREZIDENTI KOREYa RESPUBLIKASI BOSh VAZIRI BILAN UChRAShDI

Siyosat 24.11.2017, 15:11
O`ZBEKISTON PREZIDENTI KOREYa RESPUBLIKASI BOSh VAZIRI BILAN UChRAShDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Janubiy Koreyaga davlat tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashdi.

O`zbekiston va Koreya Respublikalari hamkorligi so`nggi yillarda keng ko`lam kasb etdi. Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida savdo, yoqilg`i-energetika, kimyo, transport va transport kommunikasiyalari, logistika, avtomobilsozlik, tog`-kon sanoati, engil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi, axborot texnologiyalari va telekommunikasiyalar, tibbiyot, turizm, fan-ta`lim va madaniyat kabi ko`plab sohalarda kelishuvlarga erishildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Koreya Respublikasi Bosh vaziri Li Nak Yon bilan uchrashuvda erishilgan mazkur kelishuvlarni amaliyotga izchil tatbiq qilish, yangi loyihalar ustida hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1