1

​DUMA O`ZBEKISTONLIKLARNI ROSSIYaDA IShGA JOYLAShTIRISh HAQIDA BITIMNI QABUL QILDI

Siyosat 27.11.2017, 11:18
​DUMA O`ZBEKISTONLIKLARNI ROSSIYaDA IShGA JOYLAShTIRISh HAQIDA BITIMNI QABUL QILDI

Bitim 2017 yilning 5 aprelida Moskvada imzolangan. Hujjat O`zbekiston fuqarolarini Rossiyada maqsadli ishga joylashtirish va ularni Rossiyaga jo`natishdan oldin tayyorgarlik chora-tadbirlarni tartibga solishga qaratilgan

Rossiya Davlat dumasi O`zbekiston fuqarolarini Rossiyada ishga joylashtirish masalalarni tartibga solishga qaratilgan bitimni ratifikasiya qilish to`g`risida qonun loyihasini qabul qildi.

"Ushbu bitim O`zbekiston-Rossiya tashqi mehnat migrasiyasi sohasida hamkorlikni va davlatlararo do`stlikni mustahkamlash, ishchilarni malakasini oshirish, shuningdek, Rossiya hududida O`zbekiston fuqarolarini ishga noqonuniy jalb qilinishini oldini olishga qaratilgan", — deyilgan qonun loyihasi tushuntirish xatida.

Bitim asosiy qoidalari ikki davlatning vakolatli organlari O`zbekiston fuqarolarini Rossiyaga mehnat qilish uchun tizimli saralash, noqonuniy mehnatga jalb qilish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

Hujjat O`zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtincha mehnat qilish uchun yuborishga tayyorlash, xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida tibbiy tekshiruvdan o`tkazish masalalarini tartibga soladi.

"Ushbu bitim ish beruvchiga Rossiya vakolatli organlariga va O`zbekiston tashqi migrasiyasi agentligiga mehnat muhojiri bilan mehnat shartnomasi tugatilganligi yoki bekor qilinganligi to`g`risida ma`lumotlarni o`z vaqtida taqdim etish talabini yuklaydi", — deyilgan qonun loyihasi tushuntirish xatida.

Bundan tashqari, bitimda Rossiyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi O`zbekiston fuqarolarining asosiy huquqlari belgilab berilgan. Jumladan, bitimda mehnat qilish huquqi, dam olish va ijtimoiy sug`urta (majburiy tibbiy sug`urtadan tashqari), Rossiya qonunchiligiga ko`ra pensiya ta`minotini nazarda tutilgan. Shuningdek, fuqarolarga Rossiya vakolatli organlardan mamlakatda bo`lish tartib-qoidalari va shartlari, Rossiya qonunchiligi talablaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari to`g`risida ma`lumotlarni talab qilish huquqini beradi.

Ushbu qonun loyihasini qabul qilinishi Rossiya byudjetidan qo`shimcha mablag` ajratilishini talab qilmaydi deyilgan tushuntirish xatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1