Zarur masalliqlar: 350 gr. mol go`shti, 2 bosh piyoz, bitta bulg`or qalampiri, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, 3 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va smetana, 1,5 osh qoshiq tomat, 1 choy qoshiq shakar, lavr yaprog`i, ziravorlar, ko`katlar, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Go`shtni maydalab to`rtburchak shaklda to`g`rang. Qizdirilgan o`simlik yog`ida yaxshilab qovuring. So`ngra olovni pasaytirib, ozgina suv quyib, dimlang. Keyin tuz va ziravorlar solasiz.
2. To`g`ralgan piyoz va sarimosqpiyozni dimlangan go`shtga qo`shing-da, qovurishda davom eting. 3 daqiqalardan so`ng maydalangan bulg`or qalampirini solasiz.
3. 5 daqiqa go`shtni sabzavotlar bilan qovurib, tomat va lavr yaprog`ini solishingiz mumkin. Taomni aralashtirib turishni unutmang. Yana besh daqiqadan so`ng smetanani qo`shing. 5-7 daqiqa dimlang. Smetana qaylali go`sht tayyor bo`lgach, maydalangan ko`katlardan sepib, kartoshka pyuresi bilan dasturxonga tortish mumkin.
50 daqiqa
2 kishilik
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi