AsosiyJamiyat

TURKIYaLIK JURNALISTLAR – SAMARQANDDA

'TURKIYaLIK JURNALISTLAR – SAMARQANDDA'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 25-26 oktyabr kunlari Turkiya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi chog`ida erishilgan kelishuvga ko`ra, turkiyalik bir guruh jurnalistlar yurtimizga keldi.

O`z A agentligining xabariga ko`ra, 28 noyabr kuni tongda “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining yaqinda yo`lga qo`yilgan “Samarqand – Istanbul – Samarqand” yo`nalishi bo`yicha Turkiyadan kelgan mehmonlar Samarqand xalqaro aeroportida karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Samarqand viloyati hokimining turizm masalalari bo`yicha o`rinbosari M.Voseev va Samarqand shahar hokimi F.Rahimov mehmonlarni qutlab, mamlakatlarimiz o`rtasida barcha sohalar qatori, turizm yo`nalishida ham hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini qayd etdi.

Turkiyalik jurnalistlar Istanbuldan Samarqandga to`g`ridan-to`g`ri parvoz mamlakatlarimiz fuqarolari uchun keng imkoniyatlar yaratganini ta`kidlab, ular ham bu qulaylikdan bahramand bo`lganliklaridan minnatdorligini bildirdi.


    Boshqa yangiliklar