1

“Katta Langar” Qur`onining faksimile nusxasi hukumatimizga topshirilgani katta hayajon bilan qarshi olindi

Madaniyat 28.11.2017, 16:20
“Katta Langar” Qur`onining faksimile nusxasi hukumatimizga topshirilgani katta hayajon bilan qarshi olindi

Bugun Toshkentda ish boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” nomli xalqaro media-forum qizg`in davom etmoqda. Unda ishtirok etayotganlar o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashishmoqda.

Nasriddin Mirzaev, Musulmonlar idorasi Fatvo bo`limi mutaxassisi:

— Bugungi media-forumda ilk bor ishtirok etyapmiz. Unda yurtimizning va dunyo olimlarining qilgan ma`ruzalari hamda eng muhimi, xorij mamlakatlarining muzeylarida saqlanayotgan qadimiy qo`lyozmalarimizning hukumatimizga taqdim etilgani katta taaassurot va faxr-iftixor tuyg`usini uyg`otadi. Ushbu tadbirni O`zbekiston uchun katta yangilik va uning aynan yurtimizda o`tkazilishi hammamiz uchun katta bayram, deb aytsak bo`ladi. Madaniy merosimizni o`z vaqtida aniqlab, saqlab, xalqqa chiroyli tarzda taqdim etgan, xalqaro miqyosdagi olimlarni bir joyga to`plagan loyiha tashkilotchilarining sa`i-harakatlarini alohida e`tirof etish lozim. Musulmonlar idorasi ayniqsa, “Katta Langar” Qur`onining faksimile nusxasi hukumatimizga topshirilganini katta hayajon bilan qarshi oldi. Endilikda bu bizga tadqiqot ishlarini olib borishimizda, yana izlanishimizda hamda xalqimizning boy merosini dunyoga ko`z-ko`z qilishimizda turtki bo`ladi.

Munisa ALIEVA

Fotograf: Omil HAKIMOV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1