1

“MADANIY MEROS NAShRI XXI ASR MADANIY TARIXIDA KATTA YuTUQ”

Madaniyat 28.11.2017, 16:49
“MADANIY MEROS NAShRI XXI ASR MADANIY TARIXIDA KATTA YuTUQ”

Bugun 28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan O`zbekiton Milliy universitetining arxeologiya fani pedagogi Rustam Sulaymonov loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:

— “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi nafaqat o`zbek madaniyati, ilm-u fani, ziyolilarining, balki xalqaro miqyosdagi madaniyat bayrami. Boisi o`zbek xalqining madaniy merosi faqat siz-u bizniki emas, balki jahon madaniy merosi hamdir. Bu madaniy merosni asrab-avaylash, targ`ib qilish sharafli burch. Nashr qilingan o`nta zarvaroqlik madaniy meros nashri XXI asr madaniy tarixida katta yutuq. Mazkur media forumning tashkilotchilariga, xususan “O`zbekistonning madaniy merosi” media-loyihasi rahbari va muallifi Firdavs Abduxalikovga ilm axli nomidan o`z minnatdorchiligimizni bildiraman.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1