1

“ERTANGI KUN AVLODLARIGA MEROS SIFATIDA QOLADI”

Madaniyat 28.11.2017, 17:13
“ERTANGI KUN AVLODLARIGA MEROS SIFATIDA QOLADI”

28 noyabr kuni Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida ishtirok etgan “Mega Basm” bosmaxonasining O`zbekistondagi vakili Nurulla Xamidullaev mazkur loyiha bo`yicha o`z fikrini bildirdi:

— Bosmaxonamiz Istambulda joylashgan, juda yuqori texnologiyalarda poligrafiya xizmatini ko`rsatadi. O`zbekiston madaniy merosi turkumidagi kitoblarni o`n jildini nashr qildik. Joriy yilning 15-16 may kunlari tashkil qilingan “O`zbekiston madaniy merosi – xalqlar va davlatlar o`rtasidagi ko`prik” xalqaro ilmiy-madaniy kongressida “O`zbekistonning madaniy merosi jahon to`plamlarida” turkum nashrining ilk beshta jildi taqdimoti o`tkazilgandi. Ikki kunlik — 28-29 noyabr kunlari Toshkentda O`EOAVMAning “Media hall”ida o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida esa yana beshta jild taqdimoti o`tkazildi. Murakkab ishni amalga oshirgan kitob mualliflari bilan bir qatorda, ya`ni matbaa sifatida qo`limizdan kelgan xizmatni ko`rsatib, O`zbekistonning madaniyati uchun o`z hissamizni qo`shganimizdan hursandmiz. Mazkur loyiha juda katta ahamiyatga ega. Dunyoda bunday ishga qo`l urilgani haqida eshitmaganman. O`zbekistonning tarixi, madaniy merosi bo`yicha dunyoning turli burchaklaridagi madaniy meroslarimiz ustida izlanib, ma`lum yo`nalishlar bo`yicha jild holiga keltirib, bir erga jamlash katta ahamiyat kasb etadi. Bu mehnatlar nafaqat bugungi kun uchun ahamiyatli, balki ertangi kun avlodlariga meros sifatida qoladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1