1

"SAHRODAGI LUVR"GA BAG`IShLANGAN KITOB ALOHIDA QIMMATGA EGA

Madaniyat 28.11.2017, 18:05
"SAHRODAGI LUVR"GA BAG`IShLANGAN KITOB ALOHIDA QIMMATGA EGA

28 noyabr kuni Toshkentda start olgan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumida “Dunyo to`plamlarida O`zbekiston madaniy merosi” to`plamining 6-10-jild kitob-albomlarning taqdimoti o`tkazildi. Ushbu kitob-albomlarning 9-jildi I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat san`at muzeyi to`plamidir. Bu haqda mazkur muzey direktori Gulbahor Izentaeva shunday deydi:

- “Dunyo to`plamlarida O`zbekiston madaniy merosi” to`plamining 9-jildi bizning muzey, uning noyob eksponatlariga bag`ishlanganini alohida mamnuniyat bilan qayd etmoqchiman. Unda qadimgi Xorazm moddiy va ijodiy madaniyatiga tegishli buyumlar, Qoraqalpog`iston hududida joylashgan qadimgi va o`rta asrlarga oid qal`a hamda shaharchalardan topilgan arxeologik yodgorliklar, O`zbekistonning XX asr boshidagi mashhur rassomlarining ilk asarlarini o`z ichiga olgan Turkiston avangardi to`plami taqdim qilingan. Turkiston avangardining boy to`plami turli tarixiy davrlardagi O`zbekiston san`ati va madaniyatini o`zida aks ettirib, alohida qimmatga ega. Shu o`rinda muzeyimiz haqida ham qisqa so`zlamoqchi edim. Bugungi kunda muzeyimizning to`plamida 100 mingdan oshiq buyumlar saqlanadi. Muzeyimiz rus avangardi kolleksiyasi bo`yicha Rus davlat muzeyidan keyin 2-o`rinda turadi. Ko`plab xorijiy ekspertlar va sayyohlar muzeyni “Sahrodagi Luvr” deb atashadi.

Munisa ALIEVA

Fotograf: Omil HAKIMOV

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1