1

"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"

Madaniyat 29.11.2017, 14:40
"Musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli"

“Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumi doirasida “Yakkasaroy” restoranida to`kin dasturxon atrofida “Milliy musiqa oqshomi” o`tkazildi. Unda qator san`at ustalari o`zbek folklori namunalaridan ijro etishadi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari YuNESKOning og`zaki va nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan milliy o`zbek mumtoz maqomlari namunalaridan ham bahramand bo`lishdi. Media-forum qatnashchilarining mazkur “Milliy musiqa oqshomi” xususidagi fikrlari bilan qiziqdik...

Robert Fransev, rossiyalik jurnalist: 28 noyabrda o`z ishini boshlagan “Zamonlar chorrahasi: o`tmishning buyuk merosi-ma`rifatli kelajak poydevori” xalqaro media-forumidan so`ng barcha qatnashchilar “Milliy musiqa oqshomi”ga taklif etildi. Ochig`i, bu qadar rang-barang yo`nalishga ega dasturdan iborat mazkur “Milliy musiqa oqshomi” lol qoldirdi. Katta ekranda o`zbek musiqa tarixiga oid videolavhalar o`zbek tilida namoyish qilindi. Biroq bu dasturdan zavq olishimiz uchun halal bermadi. Boisi musiqa “til”i barcha uchun birdek tushunarli. O`zbek san`atkorlarining jonli ijrodagi chiqishlarini alohida ta`kidlashni istardim, barchaga birdek manzur keldi.


Sahnada yosh ijrochilardan to katta avlod vakillarining kuy-qo`shiq va raqslari o`ziga xos ko`rinish kasb etdi.

Milliy musiqa san`atining barcha yo`nalishlariga bu qadar katta e`tibor qaratilishi quvonarli, albatta. Rosti havas bilan qaradik. Ochig`ini aytish kerak, ko`plab davlatlar, xususan Rossiyada ham qadimiy musiqa asboblaridan O`zbekistondagidek keng foydalanib, uni targ`ib qilinmaydi. Shu bois ko`plari tarixga aylanib, yoddan chiqib ham ketyapti. O`zbekistonda milliy musiqa tarixiga xukumat tomonidan alohida urg`u berib, qo`llab-quvvatlanishiga amin bo`ldik.Aslida ham shunday bo`lishi kerak.

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Omil HAKIMOV


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1